Bojxona kodeksi

304-modda. Olib kiriladigan tovarga doir bitim narxiga kiritiladigan xarajatlar

(304-модда биринчи қисмининг «в» банди Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 27 февралдаги ЎРҚ-913-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.02.2024 й., 03/24/913/0158-сон — 2024 йил 28 майдан кучга киради)

Olib kirilayotgan tovarning bojxona qiymatini aniqlashda bitimning narxiga quyidagi xarajatlar kiritiladi, agar bu xarajatlar bitimning narxiga kiritilmagan bo'lsa: a) tovarni bojxona hududiga olib kiriladigan joyga yetkazib berilgunga qadar qilinadigan xarajatlar: tashish qiymati; tovarlarni yuklash, tushirish, qayta yuklash va boshqa joyga to'kish xarajatlari; sug'urta qiymati; b) sotib oluvchi tomonidan qilingan xarajatlar: vositachilik va brokerlik haqlari, bundan tovarni xarid qilishdagi vositachilik xarajatlari mustasno; konteynerlar va (yoki) ko'p marta ishlatiladigan boshqa idishlarning qiymati, agar ular O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasiga muvofiq baholanayotgan tovar bilan bir butun deb qaralsa; o'rov-joylov qiymati, shu jumladan o'rash-joylash materiallarining va o'rash-joylash ishlarining qiymati; v) sotib oluvchi tomonidan bepul yoki arzonlashtirilgan narxda bevosita yoxud bilvosita ko'rsatiladigan quyidagi xizmatlarning va yetkazib beriladigan boshqa tovarlarning tegishli tarzda taqsimlangan qiymati: olib kiriladigan tovarlar qaysi xomashyo, materiallar, detallar, yarim tayyor mahsulotlar va boshqa tovarlardan ishlab chiqilgan (iborat) bo'lsa, o'sha xomashyo, materiallar, detallar, yarim tayyor mahsulotlar va boshqa tovarlar; olib kiriladigan tovarlarni ishlab chiqarishda foydalanilgan asboblar, shtamplar, qoliplar va boshqa shu kabi tovarlar; olib kiriladigan tovarlarni ishlab chiqarishda sarflangan materiallar; bojxona hududidan tashqarida tayyorlangan va olib kiriladigan tovarlarni ishlab chiqarish uchun zarur bo'lgan loyihalashtirish, ishlab chiqish, muhandislik, konstruktorlik ishlari, dizayn, eskizlar va chizmalar; g) intellektual mulk ob'yektlaridan foydalanganlik uchun sotib oluvchi baholanayotgan tovarni sotish sharti sifatida bevosita yoki bilvosita to'lashi kerak bo'lgan litsenziya to'lovlari va boshqa to'lovlar; d) olib kirilgan tovarni keyinchalik qayta sotish, o'zgacha tarzda tasarruf etish yoki undan boshqa tarzda foydalanishdan tushgan tushumning bevosita yoki bilvosita sotuvchiga tegishi kerak bo'lgan har qanday qismining qiymati. Ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan, bitimning narxiga kiritiladigan xarajatlar tegishli tovarlar, ishlar va xizmatlar (tashish, sug'urta qilish, brokerlik xizmati) uchun haq to'langanligi to'g'risida vakolatli shaxs tomonidan taqdim etilgan hujjatlar (hisobvaraq-fakturalar, to'lov topshiriqnomalari, cheklar) asosida aniqlanadi. Ushbu modda birinchi qismining «v» bandida ko'rsatilgan xarajatlar olib kiriladigan tovarlarni bojxona hududiga olib chiqish uchun ishlab chiqarishga va sotishga qaratilishi kerak. Ushbu moddada ko'rsatilmagan xarajatlarni bitim narxiga qo'shishga yo'l qo'yilmaydi. Turli nomdagi tovarlardan tashkil topgan tovarlarning bitta turkumi yetkazib berilganda, bojxona hududiga olib kirilgan tovarlardan har birining bojxona qiymatiga qo'shilishi lozim bo'lgan hamda tovarlarning butun turkumi uchun belgilangan xarajatlarni aniqlash har bir tovar qiymatining tovarlar turkumining qiymatiga nisbati bilan aniqlanadigan kattalikka mutanosib ravishda, transport xarajatlarini hisobga olishda esa, tovarlarning og'irligiga yoxud hajmiga mutanosib ravishda amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.