Bojxona kodeksi

310-modda. O'xshash tovarga doir bitimning qiymatiga oid usul

O'xshash tovarga doir bitimning qiymatiga oid usul bojxona hududiga olib kirilayotgan tovarning bojxona qiymatini aniqlash uchun o'xshash tovarga doir bitimning qiymati ushbu moddada ko'rsatilgan shartlarga rioya etgan holda asos sifatida qabul qilinishini nazarda tutadi. O'xshash tovar deganda: baholanayotgan tovar bilan har jihatdan bir xil bo'lmasa-da, u bilan o'xshash xususiyatlarga ega bo'lganligi va tarkib jihatdan o'xshashligi tufayli bir xil vazifalarni bajara oladigan hamda tijorat nuqtai nazaridan, shu jumladan sifati, bozordagi qadri, tovar belgisining mavjudligiga ko'ra uning o'rnini bosa oladigan; baholanayotgan tovar olib kirilguniga qadar to'qson kalendar kun ichida olib kirilgan; baholanayotgan tovar ishlab chiqarilgan ayni o'sha mamlakatda ishlab chiqarilgan va O'zbekiston Respublikasiga olib kirish uchun sotilgan; baholanayotgan tovarni ishlab chiqargan ayni bir shaxs tomonidan ishlab chiqarilgan tovar tushuniladi. Baholanayotgan tovarni ishlab chiqargan ayni bir shaxs tomonidan ishlab chiqarilgan tovar mavjud bo'lmagan taqdirda boshqa shaxs tomonidan ishlab chiqarilgan tovar o'xshash tovar sifatida qabul qilinadi. Agar bitimning qiymati O'zbekiston Respublikasida bajarilgan loyihalashning, tajriba-konstruktorlik ishlarining, badiiy bezatishning, dizaynning, eskizlarning yoki chizmalarning qiymatlarini o'z ichiga olsa, tovar o'xshash tovar deb hisoblanmaydi. O'xshash tovarga doir bitimning qiymatiga ko'ra tovarning bojxona qiymatini aniqlash usulidan foydalanilayotganda ushbu Kodeks 309-moddasining beshinchi, oltinchi, yettinchi, sakkizinchi va to'qqizinchi qismlari qoidalari qo'llaniladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.