Bojxona kodeksi

322-modda. Bojxona to'lovlarini hisoblab chiqarish uchun asos

(322-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Qo'llaniladigan stavka turlariga bog'liq holda bojxona bojini, aktsiz solig'ini va tegishli bojxona yig'imlarini hisoblab chiqarish uchun tovarning bojxona qiymati va (yoki) uning miqdori asos bo'ladi, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno. Qo'shilgan qiymat solig'ini hisoblab chiqarish uchun tovarning bojxona qiymati, to'lanishi lozim bo'lgan bojxona boji summasi, aktsiz to'lanadigan tovar bo'yicha esa, to'lanishi lozim bo'lgan aktsiz solig'i summasining yig'indisi asos bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.