To'lovchi bojxona deklaratsiyasi qabul qilinguniga qadar kelgusi bojxona to'lovlarini to'lash uchun pul mablag'larini dastlabki tarzda (bundan buyon matnda dastlabki pul mablag'lari deb yuritiladi) bojxona organining shaxsiy g'azna hisobvarag'iga o'tkazishi mumkin.
To'lovchining ko'rsatmasiga ko'ra dastlabki pul mablag'laridan:
bojxona to'lovlarini to'lash uchun;
penya, foizlar to'lash majburiyatlarini bajarish hisobiga deb;
bojxona to'lovlarini to'lash bo'yicha qarzdorlikni to'lash uchun;
bojxona to'lovlari to'lanishini ta'minlash uchun foydalanilishi mumkin.
To'lovchi bojxona organiga mazkur dastlabki pul mablag'lariga bojxona to'lovlari sifatida qarash haqida ko'rsatma bermaguniga qadar ushbu mablag'larga bojxona to'lovlari sifatida qaralishi mumkin emas. To'lovchining bojxona deklaratsiyasini topshirishi yoki dastlabki pul mablag'laridan penya, foizlar to'lash majburiyatlarini bajarish hisobiga deb, bojxona to'lovlari to'lanishini ta'minlash yoxud bojxona to'lovlarini to'lash bo'yicha qarzdorlikni to'lash uchun foydalanish haqidagi arizasini berish to'lovchining ko'rsatmasi hisoblanadi.
lex.uz’dagi asl matn334-modda. Kelgusi bojxona to'lovlarini to'lash uchun pul mablag'lari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.