Bojxona kodeksi

339¹-modda. Bojxona to'lovlarini to'lashning bosh ta'minoti

(339¹-модда Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 27 февралдаги ЎРҚ-913-сонли Қонунига асосан киритилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.02.2024 й., 03/24/913/0158-сон — 2024 йил 28 майдан кучга киради)

Agar ayni bir shaxs tomonidan muayyan vaqt ichida bir necha bojxona operatsiyasi amalga oshirilsa, barcha bunday bojxona operatsiyalarini bajarish chog'ida yuzaga keladigan bojxona to'lovlarini to'lashni ta'minlash uchun ushbu Kodeksning 339-moddasida belgilangan usullardan biri bilan bojxona to'lovlarini to'lashning bosh ta'minoti taqdim etilishi mumkin, bundan ushbu Kodeks 339-moddasining ikkinchi va oltinchi xatboshilarida ko'rsatilgan usullar mustasno. Bojxona organi bojxona to'lovlarini to'lashning bosh ta'minotini, agar bojxona to'lovlari bunday ta'minot hisobidan ushbu bojxona organi tomonidan undirilishi mumkin bo'lsa, qabul qiladi. Bojxona to'lovlarini to'lashning bosh ta'minoti tovarlarni chiqarib yuboruvchi bojxona organiga taqdim etiladi. To'lovchi bojxona to'lovlarini to'lashning bosh ta'minotini ushbu Kodeksning 336, 337 va 338-moddalarida belgilangan hollarda yuzaga keladigan bojxona to'lovlarini to'lashni ta'minlashga doir bir yoki bir necha majburiyat bo'yicha taqdim etadi. Bojxona to'lovlarini to'lashning bosh ta'minoti to'lovchining arizasida ko'rsatilgan muddatga bojxona organlari tomonidan qabul qilinadi. Bunda bojxona to'lovlarini to'lash bosh ta'minotining amal qilish muddati to'lovchining arizasida ko'rsatilgan muddat ichida yuzaga keladigan bojxona to'lovlarini to'lashni ta'minlashga doir majburiyatlarni to'lovchi tomonidan bajarish muddatlaridan ko'p bo'lishi kerak. Bojxona to'lovlarini to'lashning bosh ta'minotini qo'llash tartibi O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo'mitasi tomonidan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.