Bojxona kodeksi

342-modda. Bojxona to'lovlari to'lanishini ta'minlash sifatida tovarlar garovini qo'llash

(342-модданинг олтинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 27 ноябрдаги ЎРҚ-1099-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 28.11.2025 й., 03/25/1099/1104-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 1 март)

Bojxona to'lovlari to'lanishini ta'minlash sifatida garov to'g'risidagi shartnoma asosida tovarlar garovi qo'llanilishi mumkin. Har qanday tovar garov narsasi bo'lishi mumkin, bundan quyidagilar mustasno: elektr, issiqlik energiyasi va energiyaning boshqa turlari; korxonalar, binolar, qurilmalar, inshootlar, yer uchastkalari, fazoviy ob'yektlar; boshqa majburiyatlarni ta'minlash uchun garovga qo'yib bo'lingan tovarlar; intellektual mulk ob'yektlari; bojxona hududiga olib kirilishi taqiqlangan tovarlar; tez buziladigan tovarlar; jonivorlar; O'zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida bo'lgan tovarlar; realizatsiya qilish imkoniyati cheklangan tovarlar; joylashgan yeri va foydalanilishi ustidan bojxona organi doimiy nazoratni ta'minlay olmaydigan tovarlar; qonunchilikka muvofiq erkin realizatsiya qilinishi taqiqlangan ishlab chiqarish mahsulotlari va chiqindilari. Bojxona chegarasi orqali olib o'tiladigan va sertifikatlanishi yoki davlatning boshqa organlari nazoratida bo'lishi lozim bo'lgan tovarlar sertifikatlar, ruxsatnomalar va tovarlar chiqarib yuborilayotganda zarur bo'lgan boshqa hujjatlar bo'lgan taqdirdagina garov narsasi bo'lishi mumkin. Garov narsasining bozor qiymatini aniqlash uchun uning baholanishi garovga qo'yuvchi hisobidan baholash faoliyati to'g'risidagi qonunchilik talablariga muvofiq amalga oshiriladi. Garov narsasining bozor qiymati to'lanishi garov narsasi bilan ta'minlanadigan bojxona to'lovlariga doir majburiyatlar, shu jumladan tovarlarning ularni saqlash va realizatsiya qilish bo'yicha zarur xarajatlarning o'rnini qoplash uchun bozor qiymatidan o'n besh foizi qo'shib hisoblangandagi majburiyatlar miqdoridan kam bo'lmasligi kerak. Ushbu Kodeksning 93 va 235-moddalarida nazarda tutilgan hollarda, shuningdek bojxona ombori, boj olinmaydigan savdo do'koni va erkin ombor faoliyatini litsenziyalashda bojxona to'lovlari to'lanishini ta'minlash sifatida tovarlarni garovga qo'yish qo'llanilmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.