Bojxona to'lovlarini to'lash bo'yicha qarzdorlik ushbu Kodeksning 327-moddasida belgilangan muddatlarda to'lanmagan bojxona to'lovlari summasidan, shuningdek uni to'lashni kechiktirish yoki bo'lib-bo'lib to'lash imkoniyati berilganligi uchun to'lanishi lozim bo'lgan foizlardan iborat.
Bojxona to'lovlarini to'lash bo'yicha qarzdorlik quyidagi hollarda yuzaga keladi:
bojxona to'lovlari ularni kechiktirish yoki bo'lib-bo'lib to'lash muddati tugaganidan keyin to'lanmaganda. Kechiktirish yoki bo'lib-bo'lib to'lash muddati tugagan kunning ertasidan qarzdorlik yuzaga kelgan kun deb hisoblanadi;
tovarlar chiqarib yuborilganidan keyin bojxona nazoratini o'tkazish natijasida bojxona to'lovlari qo'shib hisoblanganda. Agar to'lovchining bojxona to'lovlari qo'shib hisoblanishiga e'tirozlari bo'lmasa, bojxona to'lovlari bo'yicha qarzdorlikni to'lash to'g'risidagi talabnoma taqdim etilgan kun, to'lovchi e'tiroz bildirgan taqdirda esa, sudning bojxona to'lovlari bo'yicha qarzdorlikni undirish to'g'risidagi qarori qonuniy kuchga kirgan sana qarzdorlik yuzaga kelgan kun deb hisoblanadi;
to'lovchining tashabbusi bilan bojxona to'lovlari qo'shib hisoblanganda. Tovarning bojxona qiymatiga va (yoki) bojxona to'lovlariga tuzatishlar kiritilgan kun qarzdorlik yuzaga kelgan kun deb hisoblanadi;
ushbu Kodeks 327-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida belgilangan muddatlarda bojxona to'lovlari to'lanmaganda. Bojxona to'lovlarini to'lash muddati tugagan kundan keyingi kun qarzdorlik yuzaga kelgan kun deb hisoblanadi.
Agar bojxona to'lovlarini to'lash bo'yicha qarzdorlik bazaviy hisoblash miqdorining yigirma foizidan oshmasa, u shakllanmaydi.
lex.uz’dagi asl matn347-modda. Bojxona to'lovlarini to'lash bo'yicha qarzdorlikning yuzaga kelishi
(347-модда Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 27 февралдаги ЎРҚ-913-сонли Қонунига асосан учинчи қисм билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.02.2024 й., 03/24/913/0158-сон — 2024 йил 28 майдан кучга киради)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.