Bojxona kodeksi

351-modda. Bojxona to'lovlarini to'lash bo'yicha qarzdorlikni to'lovchining bank hisobvaraqlarida turgan pul mablag'lari hisobidan undirish

(351-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 1 февралдаги ЎРҚ-748-сонли Қонунига асосан тўртинчи хатбоши билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 02.02.2022 й., 03/22/748/0086-сон — 2022 йил 3 майдан кучга киради)

Bojxona to'lovlarini to'lash bo'yicha qarzdorlikni to'lovchining bank hisobvaraqlarida turgan pul mablag'lari hisobidan undirish bojxona organi tomonidan bankka pul mablag'larining so'zsiz tartibda undirilishi to'g'risidagi inkasso topshiriqnomasini yuborish orqali amalga oshiriladi. Bojxona to'lovlarini to'lash bo'yicha qarzdorlikning summasini o'tkazish to'g'risidagi inkasso topshiriqnomasi quyidagilar to'lanmagan taqdirda bojxona organi tomonidan besh ish kunidan kechiktirmay qo'yiladi: bojxona to'lovlarini to'lashni kechiktirish yoki bo'lib-bo'lib to'lash muddati tugagach, bojxona to'lovlari to'lanmaganda; ushbu Kodeks 350-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan muddatlarda to'lovchida e'tiroz mavjud bo'lmagan qo'shib hisoblangan bojxona to'lovlari to'lanmaganda; tovarlarning bojxona nazorati ostida bo'lishiga doir talablar buzilgan holda yo'qotilgan yoxud foydalanilgan yoki berib yuborilgan tovarlar bo'yicha hisoblangan bojxona to'lovlari to'lanmaganda; ushbu Kodeksning 66-moddasida nazarda tutilgan muddatlarda davriy bojxona to'lovlari to'lanmaganda. To'lovchining hisobvaraqlariga xizmat ko'rsatayotgan bank bojxona organining bojxona to'lovlarini undirish to'g'risidagi inkasso topshiriqnomasini qonunchilikda belgilangan navbat tartibida bajaradi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.