Tovarning kelib chiqishi to'g'risidagi sertifikat bojxona rasmiylashtiruvi uchun zarur bo'lgan bojxona deklaratsiyasi va boshqa hujjatlar bilan bir vaqtda taqdim etiladi. Sertifikat yo'qolgan taqdirda uni bergan organ tomonidan rasmiy ravishda tasdiqlangan dublikati qabul qilinadi.
Tovarni bojxona hududiga olib kirishda tovarning kelib chiqishi to'g'risidagi sertifikat quyidagi hollarda majburiy tartibda taqdim etiladi:
O'zbekiston Respublikasi tarif preferentsiyalari beradigan mamlakatlarda ishlab chiqarilgan tovarlarga;
muayyan mamlakatdan olib kirilishi miqdoriy cheklovlar (kvotalar) yoki tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishning boshqa choralari orqali boshqarib turiladigan tovarlarga;
bojxona rasmiylashtiruvi uchun taqdim etiladigan hujjatlarda tovarning kelib chiqishi to'g'risidagi ma'lumotlar mavjud bo'lmaganda yoxud tovarlarning kelib chiqishi to'g'risida noto'g'ri ma'lumotlar deklaratsiya qilinayotganligiga bojxona organida asoslar mavjud bo'lganda;
agar bu talab O'zbekiston Respublikasining qonunchiligi va xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan bo'lsa.
Tovarning kelib chiqishi to'g'risidagi sertifikat yoki undagi ma'lumotlarning, shu jumladan tovar ishlab chiqarilgan mamlakat haqidagi ma'lumotlarning to'g'riligiga shubha tug'ilsa, bojxona organi qo'shimcha yoki aniqlik kiritadigan ma'lumot berishni so'rab ushbu sertifikatni bergan organlarga yoki sertifikatda tovar ishlab chiqarilgan mamlakat sifatida ko'rsatilgan mamlakatning vakolatli tashkilotlariga murojaat qilishi mumkin.
Ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida belgilangan hollarda, lozim darajada rasmiylashtirilgan tovarning kelib chiqishi to'g'risidagi sertifikat yoki so'ralgan ma'lumotlar taqdim etilmaguniga qadar tovar muayyan mamlakatda ishlab chiqarilgan deb hisoblanmaydi.
Bojxona organlarida tovarning kelib chiqishi to'g'risidagi sertifikat blanklari namunalari, tovarning kelib chiqishi to'g'risidagi sertifikatni tasdiqlash va berishga vakolatli bo'lgan organlar muhrlarining izlari va shaxslarning imzolari mavjudligi O'zbekiston Respublikasi bilan erkin savdo zonasini tashkil etuvchi yoki O'zbekiston Respublikasi tomonidan erkin savdo rejimi o'rnatilgan davlatlarda ishlab chiqarilgan tovarning kelib chiqishi to'g'risidagi sertifikatni bojxona organlari tomonidan qabul qilish shartidir.
lex.uz’dagi asl matn364-modda. Tovarning kelib chiqishi to'g'risidagi sertifikatni taqdim etish
(364-модда иккинчи қисмининг бешинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.