Bojxona kodeksi

382²-modda. Bojxona organlarining intellektual mulk ob'yektlarini o'z ichiga olgan tovarlarning bojxona nazoratini amalga oshirishdagi qo'shimcha huquqlari

(382²-модда Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 27 февралдаги ЎРҚ-913-сонли Қонунига асосан киритилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.02.2024 й., 03/24/913/0158-сон — 2024 йил 28 майдан кучга киради)

Intellektual mulk ob'yektlariga bo'lgan huquqlarning buzilganligi belgilari mavjud bo'lgan tovarlar aniqlanganda bojxona organlari Intellektual mulk ob'yektlarining bojxona reyestriga kiritilmagan intellektual mulk ob'yektlarini o'z ichiga olgan tovarlarni chiqarib yuborishni ushbu moddada nazarda tutilgan tartibda, huquq egasining intellektual mulk ob'yektlariga bo'lgan huquqlarni himoya qilish bo'yicha choralar ko'rish to'g'risidagi arizasisiz to'xtatib turishga haqli. Tovarlarni chiqarib yuborishni to'xtatib turish va bekor qilish ushbu moddaga muvofiq bojxona organi rahbarining yoki uning o'rnini bosuvchi shaxsning ko'rsatmasiga asosan amalga oshiriladi. Bojxona organlari qo'shimcha huquqlarni amalga oshirishda O'zbekiston Respublikasida intellektual mulk ob'yektlariga bo'lgan huquqlarni himoya qilish sohasidagi vakolatli davlat organining davlat reyestridagi O'zbekiston Respublikasida muhofaza qilinadigan tovar belgilari ro'yxatdan o'tkazilganligi to'g'risidagi ma'lumotlardan foydalanadi. Tovarlarni chiqarib yuborish ushbu moddaning birinchi qismiga muvofiq to'xtatib turilgan taqdirda, bojxona organlari tomonidan intellektual mulk ob'yektlariga bo'lgan huquqlarning buzilganligi belgilari mavjud bo'lgan tovarlar aniqlanganda huquq egasini yoki uning vakolatli vakilini va deklarantni xabardor qilish yuzasidan barcha zarur choralar ko'riladi. Bojxona organlari intellektual mulk ob'yektlariga bo'lgan huquqlarni himoya qilish maqsadida tovar belgisining huquq egasi to'g'risidagi ma'lumotlarni (nomi, manzili, telefon raqami, pochta manzili) aniqlashtirish uchun O'zbekiston Respublikasida intellektual mulk ob'yektlariga bo'lgan huquqlarni himoya qilish sohasidagi vakolatli davlat organiga so'rov yuboradi. So'rovda himoya qilish choralari tatbiq etilayotgan tovarlar to'g'risidagi axborot ko'rsatiladi. Bojxona organlari va O'zbekiston Respublikasida intellektual mulk ob'yektlariga bo'lgan huquqlarni himoya qilish sohasidagi vakolatli davlat organi huquq egasining yoki uning vakolatli vakilining manzilini aniqlash va uni xabardor qilish uchun yigirma to'rt soat ichida barcha zarur choralarni ko'radi. Bojxona organlari tomonidan yigirma to'rt soat ichida huquq egasi yoki uning vakolatli vakili to'g'risidagi ma'lumotlarni olish imkoni bo'lmagan taqdirda, tovarlarni chiqarib yuborishni to'xtatib turish bekor qilinadi va tovarlarni chiqarib yuborish ushbu Kodeksga muvofiq amalga oshiriladi. Intellektual mulk ob'yektining O'zbekiston Respublikasidagi huquq egasi yoki uning vakolatli vakili to'g'risidagi ma'lumotlar aniqlangan taqdirda ularga xabar yuboriladi, shuningdek tovarlarni chiqarib yuborish uch ish kuniga to'xtatib turiladi. Agar mazkur muddat ichida huquq egasi yoki uning vakolatli vakili bojxona organiga: tovarlarni chiqarib yuborishni to'xtatib turish muddatini o'n ish kunigacha uzaytirish to'g'risida ariza bermaganda; tovarlarning chiqarib yuborilishini to'xtatib turishni bekor qilish haqida ariza berganda, bojxona organlari ushbu Kodeksga muvofiq tovarlarni chiqarib yuborishni amalga oshiradi. Agar ushbu moddaning sakkizinchi qismida ko'rsatilgan muddatda bojxona organlariga huquq egasining yoki uning vakolatli vakilining tovarlarni chiqarib yuborishni to'xtatib turish muddatini uzaytirish to'g'risidagi arizasi kelib tushgan bo'lsa, ularni chiqarib yuborish dastlabki tarzda to'xtatib turilgan sanadan e'tiboran o'n ish kuniga qadar to'xtatib turiladi. Bunda huquq egasi yoki uning vakolatli vakili o'n ish kuni ichida quyidagilarni bojxona organiga taqdim etishi kerak: 1) intellektual mulk ob'yektiga bo'lgan huquqlar buzilganligi haqidagi ish bo'yicha sudning ishni sudda ko'rish tayinlanganligi to'g'risidagi ajrimi; 2) tovarga nisbatan intellektual mulk ob'yektiga bo'lgan huquqlar buzilganligi holati mavjud emasligi to'g'risida sud tomonidan qaror qabul qilingan taqdirda, deklarantga va boshqa shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararning, shuningdek bojxona organlari tomonidan amalga oshirilgan xarajatlarning o'rnini qoplash bo'yicha majburiyat. Bunda mulkiy zararning o'rnini qoplash to'g'risidagi majburiyatda har bir intellektual mulk ob'yekti bo'yicha bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravari miqdoridagi pul mablag'lari tegishli bojxona organining shaxsiy g'azna hisobvarag'iga o'tkazilganligi haqidagi ma'lumotlar ko'rsatiladi; 3) ushbu Kodeksning 385-moddasida belgilangan tartibda intellektual mulk ob'yektlarini Intellektual mulk ob'yektlarining bojxona reyestriga kiritish uchun zarur bo'lgan hujjatlar va ma'lumotlar. Huquq egasi yoki uning vakolatli vakili intellektual mulk ob'yektiga bo'lgan huquqlar buzilganligi to'g'risidagi ishni sudda ko'rish tayinlanganligi haqidagi sud qarorini bojxona organlariga tovarlarni chiqarib yuborish dastlabki tarzda to'xtatib turilgan kundan e'tiboran o'n ish kuni ichida taqdim etgan taqdirda, mazkur muddat huquq egasining yoki uning vakolatli vakilining iltimosnomasiga ko'ra uzaytirilishi, lekin ko'pi bilan o'n ish kuniga uzaytirilishi mumkin, bundan sudning qarorida ko'rsatilgan boshqa muddatlar mustasno. Ushbu moddada belgilangan talablar tovarlarni chiqarib yuborish dastlabki tarzda to'xtatib turilgan kundan e'tiboran huquq egasi yoki uning vakolatli vakili tomonidan bajarilmagan taqdirda, tovarlarni chiqarib yuborishni to'xtatib turish bekor qilinadi hamda ularni chiqarib yuborish ushbu Kodeksga muvofiq tiklanadi. Bunda deklarantning va bojxona organlarining tovarlarni chiqarib yuborishni o'n ish kuniga to'xtatib turish bo'yicha xarajatlarining o'rnini huquq egasi yoki uning vakolatli vakili qoplaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.