Bojxona kodeksi

383-modda. Bojxona organlari tomonidan intellektual mulk ob'yektlariga bo'lgan huquqlarni himoya qilish bo'yicha choralar ko'rilmaydigan tovarlar

Bojxona organlari: 1) jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlar uchun, shu jumladan ularning manziliga xalqaro pochta va kuryerlik jo'natmalarida yuboriladigan; 2) bojxona tranziti bojxona rejimiga muvofiq; 3) diplomatik vakolatxonalar, konsullik muassasalari, xorijiy davlatlarning boshqa rasmiy vakolatxonalari, xalqaro tashkilotlar, ushbu vakolatxonalar, muassasalar va tashkilotlarning xodimlari tomonidan rasmiy va shaxsiy foydalanish uchun; 4) insonparvarlik yordami va texnik ko'mak sifatida bojxona chegarasi orqali olib o'tiladigan tovarlarga nisbatan intellektual mulk ob'yektlariga bo'lgan huquqlarni himoya qilish bo'yicha choralar ko'rmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.