Bojxona kodeksi

393-modda. Intellektual mulk ob'yektlarini o'z ichiga olgan tovarlarni chiqarib yuborishni to'xtatib turish to'g'risidagi qarorni bekor qilish

(393-модда биринчи қисмининг учинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 27 февралдаги ЎРҚ-913-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.02.2024 й., 03/24/913/0158-сон — 2024 йил 28 майдан кучга киради)

Intellektual mulk ob'yektlarini o'z ichiga olgan tovarlarni chiqarib yuborishni to'xtatib turish to'g'risidagi qaror quyidagi hollarda bekor qilinadi: amal qilish muddati tugagach; Bojxona organiga huquq egasidan yoki uning vakolatli vakilidan tovarlarni chiqarib yuborishni to'xtatib turish to'g'risidagi qarorni bekor qilish haqida ariza kelib tushganda; intellektual mulk ob'yekti ushbu Kodeks 387-moddasining uchinchi qismiga muvofiq Intellektual mulk ob'yektlarining bojxona reyestridan chiqarilganda; sudning tovarlarni olib qo'yish, xatlash yoxud da'voni ta'minlashning boshqa choralarini qo'llash to'g'risidagi ajrimi (qarori) ushbu Kodeks 392-moddasining ikkinchi qismida belgilangan muddatda huquq egasi yoki uning vakolatli vakili tomonidan taqdim etilmaganda. Tovarlarni chiqarib yuborishni to'xtatib turish to'g'risidagi qaror bekor qilingan taqdirda tovarlarni chiqarib yuborish ushbu Kodeksga muvofiq tiklanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.