O'zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik vakolatxonasining diplomatik agentlari va konsullik muassasalarining konsullik mansabdor shaxslari (diplomatik vakolatxonaning boshlig'i va a'zolari), shuningdek ular bilan birga yashaydigan oila a'zolari o'z shaxsiy foydalanishi uchun mo'ljallangan tovarlarni, shu jumladan ro'zg'orni dastlabki ta'minlash uchun kerakli bo'lgan tovarlarni bojxona chegarasi orqali olib o'tishning belgilangan tartibiga rioya qilgan, bojxona to'lovlari to'lanishidan ozod etilgan holda olib chiqadi va xizmat safari yakunlanganidan keyin shaxsiy foydalanish uchun mo'ljallangan tovarlarni (avtotransport vositalari bundan mustasno) O'zbekiston Respublikasiga olib kiradi, bundan tovarlarni saqlaganlik, belgilangan joylardan tashqarida yoki bojxona organlarining belgilangan ish vaqtidan tashqari vaqtda bojxona rasmiylashtiruvini o'tkazganlik uchun bojxona yig'imlari mustasno.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan shaxslarning shaxsiy bagaji unda shaxsiy foydalanish uchun mo'ljallanmagan tovarlar yoki olib kirilishi va olib chiqilishi qonunchilikda taqiqlangan yoxud karantin qoidalari va boshqa maxsus qoidalar bilan tartibga solinadigan tovarlar bor deb taxmin qilish uchun yetarli asoslar mavjud bo'lgan taqdirda bojxona ko'rigidan o'tkazilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn405-modda. O'zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik vakolatxonasining diplomatik agentlari va konsullik muassasalarining konsullik mansabdor shaxslari uchun bojxona imtiyozlari
(405-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.