Bojxona kodeksi

58-modda. Reimport bojxona rejimi

(58-модданинг бешинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 1 февралдаги ЎРҚ-748-сонли Қонунига асосан 2022 йил 3 майдан ўз кучини йўқотади — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 02.02.2022 й., 03/22/748/0086-сон)

Reimport bojxona rejimi shunday rejimki, bunda ilgari bojxona hududidan olib chiqilgan tovarlar bojxona bojlari, soliqlar to'lanmagan va iqtisodiy siyosat choralari qo'llanilmagan holda, ushbu Kodeksning 59-moddasida belgilangan muddatlarda bojxona hududiga qaytarib olib kiriladi. Reimport bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarga erkin muomalaga chiqarilgan tovar sifatida qaraladi. Qisman yoki boshqa tarzda shikastlanishlari bo'lgan, shikastlanish chog'ida holati yomonlashgan tovarni reimport bojxona rejimiga joylashtirishga bu holat avariya yoki yengib bo'lmas kuch ta'siri oqibatida ro'y berganligi tasdiqlangan taqdirda yo'l qo'yiladi. Tovar reimport bojxona rejimiga joylashtirilguniga qadar uni normal holatda saqlab turish bo'yicha turli operatsiyalar, shu jumladan mayda ta'mirlash operatsiyalari va texnik xizmat ko'rsatish, bundan tovarni kapital ta'mirlash va modernizatsiya qilish mustasno, amalga oshirilishi mumkin va ular tovar qiymati oshib ketishiga olib kelmasligi kerak. Tovar reimport bojxona rejimiga joylashtirilgan taqdirda tovarning amalda reimport qilinayotgan qismiga nisbatan tovar eksport bojxona rejimida bojxona hududidan olib chiqilayotganda to'langan bojxona bojlarining va soliqlarning summalarini qaytarish, basharti tovar mazkur tovarni olib chiqqan shaxsning ayni o'zi yoki uning huquqiy vorisi (merosxo'ri) tomonidan olib kirilayotgan bo'lsa, ushbu Kodeksning 49-bobida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. Tovar reimport qilinayotganda tovarni olib o'tayotgan vakolatli shaxs to'lovlar sifatida olingan yoki tovar bojxona hududidan olib chiqilayotganda berilgan boshqa imtiyozlar natijasida olingan summalarni qonunchilikda belgilangan tartibda qaytaradi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.