Bojxona kodeksi

78-modda. Bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimida tovar ta'mirlanayotganda qayta ishlash mahsulotining almashtirilishi

Bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimida tovar ta'mirlanayotganda qayta ishlash mahsulotining almashtirilishiga qayta ishlash mahsulotiga almashtiriluvchi tovar bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga muvofiq ta'mirlash uchun mo'ljallangan tovar bilan aynan bir xil yoxud unga o'xshash bo'lgan taqdirda yo'l qo'yiladi. Bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimida tovar ta'mirlanayotganda qayta ishlash mahsulotini almashtirish uchun kontraktning (shartnomaning, kelishuvning) tegishli qoidalari va (yoki) tovarlarni ta'mirlayotgan shaxsning kafillik majburiyatlari asos bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.