Byudjet kodeksi

101-modda. O'zbekiston Respublikasining Favqulodda Davlat byudjeti

O'zbekiston Respublikasining Favqulodda Davlat byudjeti O'zbekiston Respublikasining Prezidenti qaroriga ko'ra favqulodda holat sharoitlarida qabul qilinadigan byudjetdir. Ijro etuvchi hokimiyat organlari favqulodda holat sharoitlarida byudjet sohasidagi vakolatlarini O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga ko'ra amalga oshiradi. O'zbekiston Respublikasi Favqulodda Davlat byudjetining amal qilishi davrida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti to'g'risidagi qarorlarining, shuningdek Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining Qoraqalpog'iston Respublikasining byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari daromadlari va xarajatlari hajmi haqidagi qarorlarining amal qilishi to'xtatib turiladi. O'zbekiston Respublikasi Favqulodda Davlat byudjetining amal qilishi tugatilishi bilan Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg'armalari byudjetlari parametrlariga aniqlik kiritiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.