Byudjet tashkilotining shtat jadvali 1 dekabr holatiga ko'ra har bir byudjet tashkiloti bo'yicha mazkur tashkilot uchun belgilangan mehnatga haq to'lash shartlariga muvofiq, O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shakl bo'yicha tuziladi.
Yangidan tuzilayotgan byudjet tashkilotining shtat jadvali, agar qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, byudjet tashkiloti faoliyat ko'rsata boshlashidan ikki oy oldin tuziladi va kuchga kiradi.
Lavozimlarning nomlari va xodimlar soni, mehnatga haq to'lash bo'yicha razryadlar, bazaviy stavkalar:
Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatorida, namunaviy shtatlarda hamda qonunchilik bilan tasdiqlangan mehnatga haq to'lash bo'yicha tarif razryadlarida, bazaviy stavkalarda nazarda tutilgan lavozimlarga;
tasdiqlangan namunaviy shtatlarda nazarda tutilgan xodimlar soniga;
xodimlarning tasdiqlangan umumiy cheklangan soniga, shu jumladan byudjet tashkilotlarining byudjet mablag'lari va byudjetdan tashqari jamg'armalari hisobidan saqlab turilgan boshqaruv xodimlari soniga;
davlat boshqaruvi organlarining belgilangan tartibda tasdiqlangan boshqaruv, xizmatlar ko'rsatuvchi va texnik xodimlari sonining o'zaro nisbati normativlariga muvofiq bo'lishi kerak.
Ish haqining hisob-kitobi tarifikatsiya ro'yxatlariga muvofiq amalga oshiriladigan lavozimlar shtat jadvaliga lavozimlarning har bir guruhi bo'yicha stavkalar soni, oylik mehnatga haq to'lash jamg'armasi ko'rsatilgan, tarifikatsiya ro'yxati shtat jadvaliga ilova qilingan holda kiritiladi.
Ayrim byudjet tashkilotlari uchun tasdiqlangan namunaviy shtat normativlari va mehnatga haq to'lash bo'yicha razryadlar, bazaviy stavkalar mavjud bo'lmaganda, ularning shtat jadvallariga kiritiladigan lavozimlarning nomi va xodimlar soni hamda ularning mehnatga haq to'lash bo'yicha razryadlari, bazaviy stavkalari ushbu tashkilotlar tomonidan tashkilotning o'ziga xos xususiyatidan kelib chiqqan holda O'zbekiston Respublikasi Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishuvga ko'ra belgilanadi.
Amaldagi mehnatga haq to'lash shartlarida nazarda tutilgan, ustamalar, qo'shimcha haq to'lash va xodimlarni moddiy rag'batlantirishga yo'naltiriladigan, bir yil uchun hisob-kitob qilingan mehnatga haq to'lash jamg'armasi byudjet tashkilotining shtat jadvalida alohida satr bilan ko'rsatiladi.
Byudjet mablag'lari oluvchilar — kapital qurilish bo'yicha buyurtmachilar xizmatlarining shtat jadvali ushbu moddaga muvofiq tuziladi.
Byudjet tashkilotining shtat jadvali tashkilotning bosh buxgalteri (uning o'rinbosari) va moliya-iqtisod bo'linmasi boshlig'i (shtat jadvaliga muvofiq moliyaviy-iqtisodiy masalalar bo'yicha mutaxassis) tomonidan imzolanadi hamda tashkilot rahbari yoki u vakolat bergan shaxs tomonidan tasdiqlanadi.
Byudjet tashkilotlarining kelgusi moliya yili uchun shtat jadvallarini tasdiqlash joriy moliya yilining 20 dekabridan kechiktirmay amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn106-modda. Byudjet tashkilotining shtat jadvalini tuzish va tasdiqlash
(106-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-1107-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.12.2025 й., 03/25/1107/1216-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.