Yagona g'azna hisobvarag'i O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan boshqariladigan maxsus bank hisobvarag'i bo'lib, unga byudjet tizimi byudjetlarining daromadlari va boshqa tushumlari kiritiladi hamda undan mazkur byudjetlarning xarajatlari to'lanadi. O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankida hamda boshqa banklarda o'zga bank hisobvaraqlari ochish huquqiga ega.
Yagona g'azna hisobvarag'i O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankida ochiladi.
O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining bank hisobvaraqlaridan mablag'larning so'zsiz tartibda hisobdan chiqarilishiga yo'l qo'yilmaydi.
O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining bank hisobvaraqlariga xizmat ko'rsatilganligi uchun haq olinmaydi.
lex.uz’dagi asl matn111-modda. O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining bank hisobvaraqlari
(111-модданинг номи Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-1107-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.12.2025 й., 03/25/1107/1216-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.