Moliyaviy majburiyatlar qabul qilingan yuridik majburiyatlar va xarajatlarni to'lash uchun berilgan ruxsatnomalar doirasida hisobvaraq-fakturalar hamda moliyaviy majburiyatlar mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida g'aznachilik bo'linmalari tomonidan qabul qilinadi hamda ro'yxatdan o'tkaziladi.
Birinchi va ikkinchi guruh xarajatlari, shuningdek ushbu Kodeksning 122-moddasi o'ninchi qismida ko'rsatilgan xarajatlar bo'yicha moliyaviy majburiyatlar yuridik majburiyatlarni qabul qilishga doir buyurtmalar asosida, ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish bo'yicha esa, ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish shartnomalari asosida g'aznachilik bo'linmalari tomonidan ro'yxatdan o'tkaziladi.
Amal qilish muddati tugagan shartnomalar bo'yicha yetkazib berilgan tovarlar (ko'rsatilgan xizmatlar, bajarilgan ishlar) haqini to'lash bo'yicha moliyaviy majburiyatlarni ro'yxatdan o'tkazish joriy moliya yili doirasida hamda ushbu Kodeks 122-moddasining sakkizinchi qismida ko'rsatilgan hollarda hisobvaraq-faktura va o'zaro majburiyatlarni solishtirish dalolatnomasi asosida amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn123-modda. Moliyaviy majburiyatlarni qabul qilish va ro'yxatdan o'tkazish
(123-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2015 йил 29 декабрдаги ЎРҚ-396-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2015 й., 52-сон, 645-модда)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.