Byudjet kodeksi

125-modda. Yagona g'azna hisobvarag'idagi mablag'larni boshqarish

(125-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-1107-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.12.2025 й., 03/25/1107/1216-сон)

O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Yagona g'azna hisobvarag'idagi mablag'larni boshqarishni Davlat byudjeti daromadlari tushumlari va xarajatlarining qisqa muddatli prognozlarini tuzish yo'li bilan amalga oshiradi. Qabul qilingan moliyaviy majburiyatlarni bajarish uchun Yagona g'azna hisobvarag'ida mablag'lar yetishmagan taqdirda, O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Davlat byudjeti xarajatlarining cheklangan hajmini belgilaydi hamda uning asosida byudjet tashkilotlari va byudjet mablag'lari oluvchilarga xarajatlarni to'lash uchun ruxsatnomalar beradi. Xarajatlarni to'lash uchun ruxsatnomalar berish tartibi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Yagona g'azna hisobvarag'idagi va boshqa bank hisobvaraqlaridagi byudjet tizimi byudjetlarining vaqtincha bo'sh turgan mablag'larini boshqaradi. Yagona g'azna hisobvarag'ining vaqtincha bo'sh turgan mablag'lari mavjud bo'lgan taqdirda, O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tijorat banklarida depozitlarga joylashtirilishi mumkin bo'lgan mablag'larning hajmini belgilaydi. Yagona g'azna hisobvarag'ining vaqtincha bo'sh turgan mablag'larini joylashtirish va ularni tijorat banklarida depozitlarga joylashtirishdan olingan daromadlardan foydalanish tartibi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Yagona g'azna hisobvarag'ining vaqtincha bo'sh turgan mablag'lari O'zbekiston Respublikasi respublika byudjetining vaqtinchalik kassa uzilishini qoplash uchun jalb qilinishi mumkin. Yagona g'azna hisobvarag'ining vaqtincha bo'sh turgan mablag'larini O'zbekiston Respublikasi respublika byudjetining vaqtinchalik kassa uzilishini qoplash uchun jalb qilish tartibi O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.