Byudjet kodeksi

132-modda. Byudjetlararo munosabatlar tushunchasi

Byudjetlararo munosabatlar O'zbekiston Respublikasining respublika byudjeti, Qoraqalpog'iston Respublikasining respublika byudjeti, viloyatlarning viloyat byudjetlari, Toshkent shahrining shahar byudjeti, tumanlar, shaharlar byudjetlari, shuningdek davlat maqsadli jamg'armalari byudjetlari o'rtasidagi ushbu Kodeks bilan tegishli byudjetlarga biriktirilgan xarajatlarni amalga oshirish uchun zarur bo'lgan tegishli byudjetlarni moliyaviy resurslar bilan ta'minlashga doir munosabatlardir. Byudjet jarayonida: O'zbekiston Respublikasi respublika byudjetining tumanlar va shaharlar byudjetlari bilan; davlat maqsadli jamg'armalari byudjetlarining tumanlar va shaharlar byudjetlari bilan; Qoraqalpog'iston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining bir-biri bilan, shuningdek boshqa ma'muriy-hududiy birlikning tumanlari va shaharlari byudjetlari bilan; tumanlar va shaharlar byudjetlari o'rtasida o'zaro munosabatlariga yo'l qo'yilmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.