Byudjet kodeksi

135-modda. Subventsiyalar

(135-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2020 йил 30 декабрдаги ЎРҚ-660-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 31.12.2020 й., 03/20/660/1682-сон)

Subventsiyalar asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlar prognozi va Davlat byudjetining asosiy parametrlari tasdiqlanayotganda belgilangan xarajatlarni amalga oshirish uchun ajratiladi. O'zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlariga beriladigan subventsiyalarning miqdorlari Davlat byudjeti to'g'risidagi qonun loyihasi qabul qilinayotganda belgilanadi. Qoraqalpog'iston Respublikasining respublika byudjetidan, viloyatlarning viloyat byudjetlari va Toshkent shahrining shahar byudjetidan tumanlar va shaharlar byudjetlariga beriladigan subventsiyalarning miqdorlari Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari to'g'risidagi qarorlar qabul qilinayotganda belgilanadi. Foydalanilmagan subventsiyalar joriy moliya yili oxirida tegishli yuqori turuvchi byudjetga qaytarilishi kerak.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.