O'zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan byudjetlararo transfertlar O'zbekiston Respublikasi respublika byudjetining shaxsiy g'azna hisobvarag'idan Qoraqalpog'iston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining, shuningdek davlat maqsadli jamg'armalari byudjetlarining shaxsiy g'azna hisobvaraqlariga o'tkaziladi.
Qoraqalpog'iston Respublikasining respublika byudjetidan, viloyatlarning viloyat byudjetlaridan va Toshkent shahrining shahar byudjetidan byudjetlararo transfertlar ularning shaxsiy g'azna hisobvaraqlaridan tumanlar, shaharlar byudjetlarining shaxsiy g'azna hisobvaraqlariga, shuningdek davlat maqsadli jamg'armalari byudjetlarining shaxsiy g'azna hisobvaraqlariga o'tkaziladi.
Davlat maqsadli jamg'armalari byudjetlaridan byudjetlararo transfertlar ularning shaxsiy g'azna hisobvaraqlaridan O'zbekiston Respublikasi respublika byudjetining, Qoraqalpog'iston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining shaxsiy g'azna hisobvaraqlariga o'tkaziladi.
Byudjetlararo transfertlarni o'tkazish g'azna memorial orderlari asosida amalga oshiriladi.
Byudjetlararo transfertlar bo'yicha hisob-kitoblar joriy moliya yilida qo'shimcha vaqt davri hisobga olingan holda tugallanishi kerak.
lex.uz’dagi asl matn139-modda. Byudjetlararo transfertlarni o'tkazish tartibi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.