Byudjet ssudalari va kredit liniyalari rezident-yuridik shaxslarga O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida berilishi (ochilishi) mumkin.
Rezident-yuridik shaxslarga byudjet ssudalari va kredit liniyalari O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki asosiy stavkasining 50 foizidan kam bo'lmagan miqdordagi foiz stavkalari bo'yicha beriladi.
Rezident-yuridik shaxslarga byudjet ssudalarini va kredit liniyalarini chet el valyutasida berish taqiqlanadi.
Byudjet ssudalari byudjet tashkilotlariga bevosita O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan beriladi.
Kredit liniyalari O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan rezident-yuridik shaxslarga ularga xizmat ko'rsatadigan tijorat banklari orqali, shuningdek bevosita tijorat banklariga ochiladi.
lex.uz’dagi asl matn158-modda. Rezident-yuridik shaxslarga beriladigan (ochiladigan) byudjet ssudalari va kredit liniyalari
(158-модданинг тўртинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-1107-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.12.2025 й., 03/25/1107/1216-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.