Byudjet kodeksi

36-modda. Davlat maqsadli jamg'armalari

(36-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-1107-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.12.2025 й., 03/25/1107/1216-сон)

Mablag'lari soliqlar, yig'imlar, davlat bojlari, soliq bo'lmagan to'lovlar va jarimalar, homiylik mablag'lari hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan belgilangan boshqa daromadlardan, shuningdek byudjet transfertlari va subsidiyalaridan shakllantiriladigan davlat maqsadli jamg'armalari davlat funktsiyalarini amalga oshirish uchun tashkil etiladi. Davlat maqsadli jamg'armalari O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tashkil etiladi. Davlat maqsadli jamg'armalari yuridik shaxs shaklida yoki yuridik shaxs tashkil etmasdan shu jumladan vazirliklar va idoralar huzurida tuzilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.