Byudjet kodeksi

48-modda. O'zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasining daromadlari

(48-модда биринчи қисмининг тўртинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

O'zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasining daromadlari: asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlar prognozi va Davlat byudjeti parametrlarini tasdiqlashda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari bilan strategik resurslarga belgilanadigan chegara narxidan jahon narxining oshishi natijasida tushadigan tushumlar; O'zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasining aktivlarini boshqarishdan, shu jumladan O'zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasi mablag'larining bo'sh turgan qoldiqlarini joylashtirishdan olinadigan daromadlar; qonunchilikka muvofiq boshqa manbalar hisobidan shakllantiriladi. O'zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasining mablag'lari o'zining O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankida ochilgan hisobvaraqlarida chet el valyutasida shakllantiriladi. O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki O'zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasining hisobvaraqlariga tushadigan milliy valyutadagi mablag'larning O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining mablag'lar tushgan sanadagi almashuv kursi bo'yicha chet el valyutasiga konvertatsiyasini amalga oshirib, ularni keyinchalik mazkur jamg'armaning valyuta hisobvarag'iga kiritadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.