Byudjet kodeksi

67-modda. Beg'araz yordam oluvchilarning majburiyatlari

(67-модда иккинчи қисмининг тўртинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-1107-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.12.2025 й., 03/25/1107/1216-сон)

Beg'araz yordam oluvchilar: beg'araz yordam loyihalari bo'yicha donorlar bilan kelishuvlarni O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirliklar va idoralar bilan kelishib olishi hamda ularda nazarda tutilgan, o'z zimmasiga olgan majburiyatlarini o'z vaqtida bajarishi; olingan beg'araz yordamdan maqsadli va samarali foydalanilishini ta'minlashi; olingan beg'araz yordamning hisob va hisobotlarda aks ettirilishini ta'minlashi; beg'araz yordam doirasida kelgan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvini o'z vaqtida amalga oshirishi; beg'araz yordam kelganligi va foydalanilganligi yuzasidan hisobot taqdim etishi shart. Texnik ko'maklashish mablag'larini oluvchilar ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan majburiyatlar bilan bir qatorda, shuningdek: texnik ko'maklashish loyihasini amalga oshirish bo'yicha tadbirlar rejasini va uni o'zlashtirish jadvalini O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritishi; texnik ko'maklashish mablag'lari kelib tushishi uchun vakolatli banklarda maxsus hisobvaraqlar ochishi; texnik ko'maklashish loyihasi amalga oshirilganligi to'g'risidagi yakuniy hisobotni O'zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga taqdim etishi shart.
lex.uz’dagi asl matn

Oddiy tilda

BEG'ARAZ YORDAM OLUVCHILARNING MAJBURIYATLARI Nimani anglatadi Beg'araz yordam oluvchilar — donorlardan pul yoki tovar olgan tashkilotlar. Ular olingan yordamni faqat belgilangan maqsadda ishlatishlari va hamma narsani hisob-kitobda ko'rsatishlari kerak. Bu majburiyatlar yordamning to'g'ri va samarali foydalanilishini ta'minlaydi. Kimga tegishli Bu majburiyatlar davlat idoralari, tashkilotlar va boshqa beg'araz yordam oluvchi barcha muassasalarga tegishli. Amalda Masalan, biror xayrixoh tashkilot O'zbekistonga 100 ming dollar beg'araz yordam yubordi. Qabul qiluvchi tashkilat bu pulni faqat belgilangan ishga (masalan, maktab qurilishi) ishlatishi, bojxona rasmiylashtiruvini o'z vaqtida tugatishi va har chorak hisobot taqdim etishi shart.

Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.