O'zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan quyidagi xarajatlar amalga oshiriladi:
1) ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo'llab-quvvatlash xarajatlari, shu jumladan:
maktabgacha ta'lim, umumiy o'rta ta'lim, o'rta maxsus, professional ta'lim, oliy ta'lim, oliy ta'limdan keyingi ta'lim, qo'shimcha ta'lim, kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tashkilotlari, bolalar uylari, davlat ta'lim tashkilotlarini axborot-uslubiy jihatdan ta'minlash muassasalari, vazirliklar va idoralar tasarrufidagi davlat ta'lim tashkilotlari, boshqa yordamchi muassasalarni saqlab turish, shuningdek qonunchilikda O'zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan ta'lim tizimi tadbirlarining xarajatlari;
respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi, OITSga qarshi kurashish respublika markazi, Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati, karantin va o'ta xavfli infektsiyalar profilaktikasi, ilmiy-tadqiqot institutlari va davlat oliy ta'lim tashkilotlarining klinikalari, qon quyish xizmati va sud-tibbiyot ekspertizasi respublika muassasalari, respublika vazirliklari va idoralari tasarrufidagi boshqa davolash-profilaktika muassasalari hamda yordamchi tashkilotlarni saqlab turish, shuningdek qonunchilikda O'zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan xizmatlar haqini to'lash xarajatlari;
qonunchilikka muvofiq ayrim toifadagi fuqarolarga tibbiy xizmatlar ko'rsatilganligi uchun respublika ixtisoslashtirilgan markazlari xarajatlarining o'rnini qoplash (subsidiyalar);
qabul qilingan davlat dasturlariga muvofiq fuqarolarning sog'lig'ini saqlash tadbirlarini amalga oshirish xarajatlari;
respublika vazirliklari va idoralari tasarrufidagi madaniyat, jismoniy tarbiya va sport muassasalarini saqlab turish, tele- va radiodasturlar yaratish hamda ularni tarqatishga doir xizmatlar ta'minoti va ularga haq to'lash, hukumatning alohida qarorlariga ko'ra ommaviy axborot vositalarini saqlab turish, kino- va videomahsulotlar yaratish, madaniy meros ob'yektlarida restavratsiya ishlarini bajarish, tasdiqlangan kalendar rejalarga muvofiq madaniyat va sportni rivojlantirish bo'yicha qonunchilikda O'zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan maqsadli tadbirlar xarajatlari;
fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsiya ishlarining davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida grantlar bo'yicha amalga oshiriladigan ilmiy-texnik loyihalar, noyob ilmiy ob'yektlarni va fanga xizmat ko'rsatuvchi muassasalarni saqlab turish, ilmiy loyihalar ekspertizasini o'tkazish hamda qonunchilikka muvofiq O'zbekiston Respublikasining respublika byudjeti hisobidan amalga oshiriladigan fanga doir alohida tadbirlar xarajatlari;
davlat arxivlarini saqlab turish xarajatlari;
respublika vazirliklari va idoralari tasarrufidagi urush hamda mehnat faxriylari uchun pansionatlar va sanatoriylarni, aholini ijtimoiy muhofaza qilish muassasalarini saqlab turish, shuningdek qonunchilikda O'zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan, aholini ijtimoiy muhofaza qilishga doir maqsadli tadbirlar xarajatlari;
davlat mukofotlari, davlat pul mukofotlari bilan taqdirlanganligi munosabati bilan bir yo'la beriladigan davlat pul mukofotlari va mukofotlarini to'lash xarajatlari;
bolalikdan nogironligi bo'lgan shaxslarga va bola tug'ilganda beriladigan nafaqalarni, qonunchilikda ayrim toifadagi shaxslarga belgilangan kompensatsiyalarni to'lash uchun vakolatli organga mablag'lar ajratish xarajatlari;
Chernobil AES halokati oqibatlarini tugatishda ishtirok etgan shaxslarni va radiatsiya-yadro ob'yektlarida harbiy xizmatni o'tagan pensiya yoshidagi shaxslarni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash, ayrim toifadagi shaxslarga qonunchilikda belgilangan imtiyozlar va kompensatsiyalarni to'lash xarajatlari jamoat ishlarini moliyalashtirish;
kam ta'minlangan oilalarga to'lanadigan ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam.
2) davlat grantlari, subsidiyalar va ijtimoiy buyurtma shaklida nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari faoliyatini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash xarajatlari;
3) iqtisodiyot xarajatlari, shu jumladan:
agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta'minlanishi sohasidagi respublika nazorat organlarining xarajatlari, suv va o'rmon xo'jaligi xarajatlari, qishloq xo'jaligi ekinlari zararkunandalariga qarshi kurashish muassasalarining xizmatlariga va ularni saqlab turishga haq to'lash xarajatlari;
hosildorligi past yerlarda davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi fermer xo'jaliklarini moliyaviy qo'llab-quvvatlash xarajatlari;
qishloq xo'jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan to'lanadigan yagona yer solig'i bo'yicha tushumlarga muvofiq byudjetdan ajratiladigan mablag'lar va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sug'oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg'armasining har yili tasdiqlanadigan asosiy parametrlari doirasida byudjetdan ajratiladigan maqsadli mablag'lar;
qonunchilikda O'zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan standartlashtirish va sertifikatlashtirish, topografiya-geodeziya, kartografiya va kadastr, shuningdek geologiya qidiruv ishlari, davlat shaharsozlik kadastrini yuritish xarajatlari, chegaradosh davlatlarga haq evaziga yerdan foydalanish to'lovi, gidrometeorologiya xizmati muassasalarini saqlab turish xarajatlari;
atrof muhit va landshaftning muhofaza qilinishini, biologik xilma-xillikning himoya qilinishini ta'minlash bilan bog'liq xarajatlar;
ichimlik suvi bilan ta'minlash tizimini rivojlantirish bilan bog'liq xarajatlar.
4) respublika vazirliklari va idoralari buyurtmachi bo'lgan markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari;
5) davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini, adliya va prokuratura organlarini saqlab turish xarajatlari, shu jumladan:
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarini;
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasini;
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasini;
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudini;
O'zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasini;
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo'yicha vakili (ombudsman) Devonini;
qonunchilikda O'zbekiston Respublikasining respublika byudjeti mablag'laridan saqlab turilishi nazarda tutilgan davlat boshqaruvi organlarini;
O'zbekiston Respublikasining chet ellardagi muassasalarini saqlab turish xarajatlari;
adliya va prokuratura organlarini.
6) sudlarni saqlab turish xarajatlari;
7) O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg'armasini shakllantirish xarajatlari;
8) boshqa xarajatlar:
siyosiy partiyalarga ularning ustavida belgilangan faoliyatini moliyalashtirish uchun ajratiladigan mablag'lar;
O'zbekiston Respublikasi ishtirokchi bo'lgan xalqaro tashkilotlarga a'zolik badallarini to'lash va ularni moliyalashtirishda ishtirok etish xarajatlari;
davlat qarzi bo'yicha foiz to'lovlari va davlat kafolatini bajarish bilan bog'liq xarajatlar;
davlat buyurtmasi bo'yicha statistika ishlariga haq to'lash;
O'zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining saylovlar va referendumlarga tayyorgarlik ko'rish hamda ularni o'tkazish bo'yicha xarajatlari, shu jumladan okrug va uchastka saylov komissiyalarini, siyosiy partiyalarni moliyalashtirish;
davlat zaxiralari va strategik zaxiralarni vujudga keltirish, saqlab va yangilab turish bilan bog'liq xarajatlar;
mudofaaga, jamoat tartibi va xavfsizligini ta'minlashga, bojxona organlariga ajratiladigan mablag'lar, shu jumladan harbiy xizmatni, ichki ishlar organlarida, O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasida, bojxona organlarida xizmatni o'tagan shaxslar hamda ularning oilalariga pensiyalar va nafaqalar uchun xarajatlar, shuningdek qonunchilikka muvofiq faoliyati O'zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan muassasalar, tashkilotlar va idoralarga ajratiladigan mablag'lar;
qonunchilikka muvofiq boshqa xarajatlar.
lex.uz’dagi asl matn70-modda. O'zbekiston Respublikasi respublika byudjetining xarajatlari
(70-модда биринчи қисмининг 1-банди Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-1107-сонли Қонунига асосан ўн учинчи хатбоши билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.12.2025 й., 03/25/1107/1216-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.