Byudjet tashkilotining rivojlantirish jamg'armasi hamda Tibbiyot tashkilotlarining moddiy rag'batlantirish va rivojlantirish jamg'armasi mablag'laridan:
vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqalarini va mavjud kreditorlik qarzlarini to'lash;
byudjet tashkilotining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash tadbirlari;
byudjet tashkiloti xodimlarini moddiy rag'batlantirish tadbirlari uchun foydalaniladi.
Byudjet tashkilotida vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo'yicha to'lanmagan nafaqalar va muddati o'tgan kreditorlik qarz mavjud bo'lgan taqdirda, Byudjet tashkilotining rivojlantirish jamg'armasi mablag'lari birinchi navbatda ushbu qarzlarni to'lash uchun sarflanadi.
Ushbu modda birinchi qismining uchinchi va to'rtinchi xatboshilarida ko'rsatilgan yo'nalishlar bo'yicha taqsimlanadigan mablag'lar ulushi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan belgilanadi.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan byudjet tashkilotlariga ko'rsatilgan homiylik mablag'larining jami summasi, agar homiy tomonidan boshqacha qoida belgilanmagan bo'lsa, byudjet tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun sarflanadi.
lex.uz’dagi asl matn81-modda. Byudjet tashkilotining rivojlantirish jamg'armasi hamda Tibbiyot tashkilotlarining moddiy rag'batlantirish va rivojlantirish jamg'armasi xarajatlari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.