Byudjet mablag'larini taqsimlovchining rivojlantirish dasturi byudjet mablag'larini taqsimlovchi tomonidan uch yildan kam bo'lmagan davr uchun tuziladi va quyidagilarni o'z ichiga oladi:
byudjet mablag'larini taqsimlovchi faoliyatining barcha sohalari bo'yicha rivojlanishning asosiy yo'nalishlari, maqsadlari vazifalarini, sifat va miqdor ko'rsatkichlarini;
maqsadlarga erishish va vazifalarni bajarishga qaratilgan o'zaro bog'liq huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliy va texnik tadbirlar majmuini;
maqsadlarga erishish va vazifalarni bajarishni ta'minlaydigan, muddatlari va turlari bo'yicha kelishilgan kutilayotgan natijalar ko'rsatkichlari tizimini.
Byudjet mablag'larini taqsimlovchining rivojlantirish dasturi O'zbekiston Respublikasining qonunlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan belgilangan maqsad va vazifalarga asoslanadi.
Byudjet mablag'larini taqsimlovchining rivojlantirish dasturi byudjet mablag'larini taqsimlovchi tomonidan yuqori turuvchi organ bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
lex.uz’dagi asl matn88-modda. Byudjet mablag'larini taqsimlovchining rivojlantirish dasturi
(88-модда биринчи қисмининг иккинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2020 йил 30 декабрдаги ЎРҚ-660-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 31.12.2020 й., 03/20/660/1682-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.