O'zbekiston Respublikasida vaqtincha bo'lib turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar tegishli ravishda milliy pasport yoki harakatlanish hujjati bilan vaqtincha ro'yxat asosida yashaydilar. Vaqtincha ro'yxatga olish chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar O'zbekiston Respublikasiga kirib kelganlaridan keyin uch ish kuni davomida ularni taklif qilgan (qabul qilayotgan) va ularga turar joy bergan jismoniy shaxslar, xususiy uy-joy egalari, tashkilotlarning yotoqxonalari ma'muriyati, joylashtirish vositalari yoki davolash muassasalari tomonidan «E-mehmon» dasturi orqali yoki hududiy MvaFRBga murojaat qilgan holda amalga oshiriladi.
Vaqtincha ro'yxatga olinishning muddati chet el fuqarosi va fuqaroligi bo'lmagan shaxs O'zbekiston Respublikasi Davlat chegarasi nazorat-o'tkazish punkti orqali kirib kelgan sanadan keyingi kunning 00:01 soatidan boshlab hisoblanadi.
O'zbekiston Respublikasi va boshqa chet davlatlar o'rtasida tuzilgan xalqaro shartnomalarda nazarda tutilgan xorijiy davlatlar fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarning O'zbekiston Respublikasi hududida bo'lish tartibi mazkur shartnomalarda qayd etilgan talablarga muvofiq belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matnChet el fuqarolarini vaqtincha va doimiy ro'yxatga olish nizomlari (VM qarori №593, 2020)
10-band. 2-bob. Boshqa davlatlardan kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarni vaqtincha turgan joyi bo'yicha ro'yxatga olish tartibi — 10-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.