Chet el fuqarolarini vaqtincha va doimiy ro'yxatga olish nizomlari (VM qarori №593, 2020)

12-band. 2-bob. Boshqa davlatlardan kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarni vaqtincha turgan joyi bo'yicha ro'yxatga olish tartibi — 12-band

Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarni vaqtincha ro'yxatga olish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi: a) joylashtirish vositalari va davolash muassasalari ma'muriyati tomonidan ular kelib joylashgan vaqtning o'zida, qancha muddat bo'lishlaridan qat'i nazar, «E-mehmon» dasturi yordamida; b) chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarni taklif qilgan (qabul qilayotgan) va ularga turar joy bergan jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan: chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarning bo'lish muddati 30 kundan oshmasa, ular kelib joylashgan paytda «E-mehmon» dasturi yordamida yoki uch ish kuni ichida hududiy MvaFRBga murojaat etish orqali; agar chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarning bo'lish muddati 30 kundan oshsa, uch ish kuni ichida hududiy MvaFRBga murojaat etish orqali; v) mustaqil ravishda sayohat qilayotgan, palatkali lagerlarda va tunash uchun joylashish vositasiga aylantirilgan yer transportida yashayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar kelganlaridan keyin uch ish kuni mobaynida turistik-axborot markazlariga yoki yaqin oradagi joylashtirish vositalariga murojaat qilish yo'li bilan «E-mehmon» dasturi orqali.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.