Chet el fuqarolarini vaqtincha va doimiy ro'yxatga olish nizomlari (VM qarori №593, 2020)

2-band. 1-bob. Umumiy qoidalar — 2-band

Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: joylashtirish vositalari — mehmonxonalar, apartotellar, apartamentlar kompleksi (rezidentsiya), spa-mehmonxonalar, butik-otellar, motellar, turistik lagerlar, dam olish uylari va zonalari, turistik qishloqlar, kempinglar, sanatoriylar, pansionatlar, dam olish zonalari va uylari (markazlari), turizm va sport bazalari, palatkali (kemping) lagerlar va komplekslar, oilaviy mehmon uylari, o'tov va palatkali lagerlar va boshqa ob'yektlar, shuningdek, tunash uchun qayta jihozlangan yer usti avtotransportlari; davolash muassasalari — sanatoriylar, davolash pansionatlari, davlat tasarrufidagi va xususiy klinikalar, shifoxonalar, kasalxonalar va boshqa tibbiy muassasalar; milliy pasport yoki harakatlanish hujjati — chet el fuqarosining xorijga chiqish milliy pasporti yoki xorijiy davlatda doimiy yashovchi fuqaroligi bo'lmagan shaxsning xorijga chiqish va harakatlanish hujjati; vaqtincha ro'yxat — chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarni joylashtirish vositalari, davolash muassasalarida vaqtincha hisobga olish yoki ichki ishlar organlarining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo'linmalari tomonidan xususiy uy-joy, korxona, tashkilot va muassasalar tasarrufidagi yotoqxonalarda vaqtincha turgan joyi bo'yicha ro'yxatga olish; «E-mehmon» dasturi — xususiy uy-joy, korxona, tashkilot va muassasalar tasarrufidagi yotoqxonalar, joylashtirish vositalari va davolash muassasalarida yashovchilarni hisobga olishning maxsus elektron avtomatlashtirilgan dasturi; manzil tizimi — doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarni respublikaning boshqa hududlarida ichki ishlar organlarining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo'linmalari tomonidan vaqtincha turgan joyi bo'yicha ro'yxatga olish bilan bog'liq harakatlarning idoralararo elektron hamkorlik orqali amalga oshirilishini ta'minlovchi avtomatlashtirilgan axborot tizimi. chet ellik investor — xorijiy investitsiya kiritish vaqtida O'zbekiston Respublikasida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining kamida 8500 baravarida xo'jalik jamiyatlarining aktsiyalari va ulushlarini sotib olish, shuningdek, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar tashkil etish shaklida O'zbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga investitsiya kiritgan hamda amal qilish muddati uch yilgacha bo'lgan ko'p martalik investitsiya vizasiga ega chet el fuqarosi va fuqaroligi bo'lmagan shaxs.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.