Chet el fuqarolarini vaqtincha va doimiy ro'yxatga olish nizomlari (VM qarori №593, 2020)

20¹-band. 2-bob. Boshqa davlatlardan kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarni vaqtincha turgan joyi bo'yicha ro'yxatga olish tartibi — 20¹-band

O'zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq O'zbekiston Respublikasining soliq rezidentlari deb e'tirof etilgan va maxsus yig'im to'lagan quyidagi chet el fuqarolari va ularning yaqin qarindoshlari O'zbekiston Respublikasi hududida turgan joyi (ularga yoki ularning yaqin qarindoshlariga mulk yoki ijara huquqi asosida tegishli bo'lgan turar joy ko'chmas mulk ob'yekti) bo'yicha ariza va maxsus soliq rejimi berilgani to'g'risidagi guvohnoma asosida bir ish kunida ro'yxatdan o'tkaziladi: boshqa davlatlar hududida doimiy yashaydigan va O'zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha turgan chet el fuqarolari va ularning yaqin qarindoshlari 5 yilgacha, biroq viza muddatidan ortiq bo'lmagan muddatga; O'zbekiston Respublikasiga vizasiz kirish rejimi belgilangan Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligiga a'zo davlatlar fuqarolari va ularning yaqin qarindoshlari 5 yilgacha, ammo O'zbekiston Respublikasi hududidan chiqmasdan turib olti oydan ortiq bo'lmagan muddatga.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.