Chet el fuqarolarini vaqtincha va doimiy ro'yxatga olish nizomlari (VM qarori №593, 2020)

24-band. 2-bob. Boshqa davlatlardan kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarni vaqtincha turgan joyi bo'yicha ro'yxatga olish tartibi — 24-band

Quyidagilar vaqtincha ro'yxatga olinishga tenglashtiriladi: a) safarlarning turoperator va turagent tomonidan ichki ishlar organlariga turistlarning milliy pasporti yoki harakatlanish hujjati ma'lumotlari, harakatlanish yo'nalishlarining sxemalari, sayohat qilish vaqtida to'xtash (tunash) joylari ko'rsatilgan ro'yxatlari «E-mehmon» dasturi yordamida elektron shaklda taqdim etilganda; b) safarlar turoperator va turagent tomonidan aholi punktlaridan tashqarida tashkil etiladigan tur doirasida ekskursiya rahbari, gid va/yoki yo'riqchi-boshlovchi hamrohligida, bunday tur yoki uning bir qismi 10 kundan oshmagan holda amalga oshirilganda; v) safarlar chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar tomonidan turoperator va turagentning avtoturini sotib olgan holda shaxsiy avtomobilda, mototsiklda, velosipedda, yayov yoki guruh tarkibida avtobusda amalga oshirilganda.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.