Chet el fuqarolarini vaqtincha va doimiy ro'yxatga olish nizomlari (VM qarori №593, 2020)

34-band. 2-bob. Boshqa davlatlardan kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarni vaqtincha turgan joyi bo'yicha ro'yxatga olish tartibi — 34-band

Taklif qilgan (qabul qiladigan) jismoniy va yuridik shaxslar shu jumladan turoperator va turagentlar chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarga O'zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan huquqlari va majburiyatlari o'z vaqtida tushuntirib berilishini ta'minlaydilar, shuningdek, ularni ushbu Nizomga muvofiq vaqtincha ro'yxatdan o'tishni, bo'lish muddatini uzaytirishni, respublika hududida harakatlanishini hamda o'zlariga belgilab berilgan bo'lish muddati tugagach, O'zbekiston Respublikasidan chiqib ketishini ta'minlash uchun javobgar bo'ladilar. Bu shaxslar tomonidan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarga uy-joy, transport vositalari berish yoxud boshqa xizmatlar ko'rsatish O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchilik hujjatlari va ushbu Nizom qoidalari buzilishiga olib kelishi oldindan ma'lum bo'lgan hollarda, ushbu shaxslarning chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarga uy-joy, transport vositalari berishiga yoki boshqa xizmatlar ko'rsatishiga yo'l qo'yilmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.