Chet el fuqarolarini vaqtincha va doimiy ro'yxatga olish nizomlari (VM qarori №593, 2020)

40-band. 3-bob. Yashash guvohnomasi yoki ID-kartaga ega bo'lgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarni vaqtincha turgan joyi bo'yicha ro'yxatga olishi tartibi — 40-band

Boshqa hududlarda joylashgan ta'lim muassasalariga o'qishga kelgan, yashash guvohnomasi yoki ID-kartaga ega bo'lgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarni vaqtincha ro'yxatga olish MvaFRB tomonidan bir o'quv yili davriga amalga oshiriladi. Ular boshqa ta'lim muassasasiga o'qishga o'tgan, akademik ta'til olgan, ta'lim muassasasidan bo'shatilgan yoki vafot etgan hollarda, ushbu muassasalarning rahbarlari tegishli qaror qabul qilingan kunda vaqtincha ro'yxatga olgan MvaFRBni bundan xabardor qiladilar. Ta'lim muassasasi rahbarlarining bildirishi asosida MvaFRB vaqtincha ro'yxatni bekor qiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.