Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarni vaqtincha ro'yxatga olishni uzaytirish MvaFRB tomonidan ko'rib chiqiladi. Buning uchun (qabul qiladigan) jismoniy va yuridik shaxslar vaqtincha ro'yxat muddati tugashidan oldin MvaFRBga mazkur Nizomning 38-bandida nazarda tutilgan hujjatlarni taqdim etadilar.
MvaFRB arizani qayd etgach, shuningdek, hujjatlarni belgilangan tartibda rasmiylashtirgach, bir ish kunida chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarga vaqtincha ro'yxatni uzaytiradi hamda mazkur Nizomga 5-ilovaga muvofiq qayd varag'ini beradi.
lex.uz’dagi asl matnChet el fuqarolarini vaqtincha va doimiy ro'yxatga olish nizomlari (VM qarori №593, 2020)
41-band. 3-bob. Yashash guvohnomasi yoki ID-kartaga ega bo'lgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarni vaqtincha turgan joyi bo'yicha ro'yxatga olishi tartibi — 41-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.