Chet el fuqarolarini vaqtincha va doimiy ro'yxatga olish nizomlari (VM qarori №593, 2020)

47-band. 4-bob. Yakunlovchi qoidalar — 47-band

MvaFRB tomonidan rasmiylashtirib berilgan amaldagi qayd varag'i yo'qotib qo'yilganda yoki yaroqsiz holga kelganda, chet el fuqarosi va fuqaroligi bo'lmagan shaxs yoxud taklif qilgan (qabul qiladigan) jismoniy va yuridik shaxs bir ish kunida hududiy MvaFRBga milliy pasport yoki harakatlanish hujjatini taqdim etgan holda erkin shaklda yozilgan ariza bilan murojaat qiladi. MvaFRB arizani ko'rib chiqib, shu kunning o'zida chet el fuqarosi va fuqaroligi bo'lmagan shaxsga yo'qotib qo'yilgan yoki yaroqsiz holga kelgan qayd varag'i o'rniga yangisini rasmiylashtirib beradi. Bunda davlat boji undirilmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.