Chet el fuqarolarini vaqtincha va doimiy ro'yxatga olish nizomlari (VM qarori №593, 2020)

50-band. 4-bob. Yakunlovchi qoidalar — 50-band

Respublikaning muayyan manzilida vaqtincha ro'yxat asosida yashayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar O'zbekiston Respublikasining boshqa manzilida uch kundan ortiq bo'lish istagini bildirsalar, amaldagi vaqtincha ro'yxat bekor qilinmasdan, bo'lish muddatiga vaqtincha ro'yxatga olinadilar. Buning uchun yangi manzildagi hududiy MvaFRBga mazkur Nizomning tegishliligi bo'yicha 17 va 38-bandlarida belgilangan hujjatlar taqdim etiladi. Bunda yangi manzildagi vaqtincha ro'yxatga olinish muddati avvalgi vaqtincha ro'yxatga olinish muddatidan oshmasligi lozim.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.