Chet el fuqarolarini vaqtincha va doimiy ro'yxatga olish nizomlari (VM qarori №593, 2020)

I2-13-band. 2-bob. Boshqa davlatlardan viloyatga kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarga doimiy yashashga ruxsatnoma berish tartibi — I2-13-band

Ota-onalari bo'lmagan voyaga yetmagan tug'ishgan aka-ukalar va opa-singillar, shuningdek, mehnatga qobiliyatsiz bo'lgan hamda o'z oilasi bo'lmagan voyaga yetgan tug'ishgan aka-uka va opa-singillar — o'zlarining tug'ishgan aka-uka yoki opa-singillari doimiy ro'yxatga olingan uy-joy maydoniga (Ro'yxatning 5-bandi) doimiy yashashga ruxsatnoma olish uchun MvaFRBga ushbu Nizomning 8-bandida ko'rsatilgan hujjatlardan tashqari quyidagilarni taqdim etadi: tug'ilganlik to'g'risida guvohnoma (agar fuqaro xorijda tug'ilgan bo'lsa, nusxasi olinib, asli qaytariladi); ota-onasining o'limi haqidagi guvohnoma (agar o'lim xorijda rasmiylashtirilgan bo'lsa, nusxasi olinib, asli qaytariladi).
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.