Chet el fuqarolarini vaqtincha va doimiy ro'yxatga olish nizomlari (VM qarori №593, 2020)

I2-18-band. 2-bob. Boshqa davlatlardan viloyatga kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarga doimiy yashashga ruxsatnoma berish tartibi — I2-18-band

«Faxriy fuqaro» maqomi berilgan chet el fuqarosi va fuqaroligi bo'lmagan shaxs va uning oila a'zolari (eri, xotini va voyaga yetmagan farzandlari) (Ro'yxatning 10-bandi) doimiy yashashga ruxsatnoma olish uchun MvaFRBga mazkur Nizomning 8-bandida ko'rsatilgan hujjatlardan tashqari quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: uy-joy mulkdorining (mulkdorlarining) uy-joy maydoni berishi to'g'risidagi arizasi (roziligi) yoxud shaxsan topshirish imkoni bo'lmaganda, notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi); nikoh tuzilganlik, tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnomalar (agar hujjatlar xorijda rasmiylashtirilgan bo'lsa, nusxalari olinib, asli qaytariladi); «Faxriy fuqaro» maqomini berish to'g'risidagi guvohnoma.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.