Chet el fuqarolarini vaqtincha va doimiy ro'yxatga olish nizomlari (VM qarori №593, 2020)

I2-19-band. 2-bob. Boshqa davlatlardan viloyatga kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarga doimiy yashashga ruxsatnoma berish tartibi — I2-19-band

O'zbekiston Respublikasiga «O'zbekiston Respublikasining fuqaroligi to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni kuchga kirganidan keyin (1992 yil 28 iyul) kelgan hamda respublika hududida uzoq vaqtdan beri sobiq SSSR pasporti bilan yashayotgan yoki uni yo'qotib qo'ygan, shuningdek, hujjatlarga ega bo'lmagan (tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnoma bundan mustasno) va Ro'yxatga kirmagan shaxs shaxsini tasdiqlovchi hujjat olish uchun yashash joyidagi MvaFRBga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: sobiq SSSR pasporti yoki tug'ilganlik to'g'risida guvohnoma, ushbu hujjatlar bo'lmaganda, harbiy guvohnoma yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat; O'zbekiston Respublikasida ta'lim olganligi yoki mehnat qilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar va ma'lumotnomalar (agar mavjud bo'lsa); 35x45 mm o'lchamli to'rtta fotosurat.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.