Mazkur Nizomning 14-bandi asosida doimiy yashashga ruxsatnoma olgan chet el fuqarosi va fuqaroligi bo'lmagan shaxsning doimiy yashashga ruxsatnomasi tegishli davlat hokimiyati va boshqaruvi organi, xo'jalik birlashmasi, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari rahbarining MvaFRBga taqdim etilgan bildirishnomasi asosida bekor qilinadi.
Agar chet el fuqarosi va fuqaroligi bo'lmagan shaxsning doimiy ro'yxatga olinishi uchun boshqa asoslar mavjud bo'lmasa, MvaFRB besh ish kunida doimiy yashashga ruxsatnomani bekor qilish uchun shaxsiy yig'ma ish jildini IIV MvaFRB va IIB MvaFRBga yuboradi hamda bu haqda chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo'lmagan shaxsni ogohlantiradi.
QR IIV MvaFRB va IIB MvaFRB hujjatlarni o'rganib chiqib, doimiy yashashga ruxsatnomani bekor qilish bo'yicha Qoraqalpog'iston Respublikasi ichki ishlar vaziri o'rinbosari, viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari tomonidan tasdiqlanadigan asoslantirilgan qaror qabul qiladi va bu haqda IIV MvaFRBBga yozma ravishda ma'lumot yuboradi. Qaror shaxsiy yig'ma ish jildiga biriktirilgan holda, ijro uchun MvaFRBga qaytarib yuboriladi.
lex.uz’dagi asl matnChet el fuqarolarini vaqtincha va doimiy ro'yxatga olish nizomlari (VM qarori №593, 2020)
I2-49-band. 4-bob. Viloyat hududida doimiy yashovchi chet el fuqarosi va fuqaroligi bo'lmagan shaxsning doimiy yashashga ruxsatnomasi va doimiy ro'yxatini bekor qilish tartibi — I2-49-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.