Mulkdor o'z oila a'zolarini va boshqa shaxslarni doimiy ro'yxatdan o'tkazish huquqiga ega.
Quyidagi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarni doimiy ro'yxatga olishda, O'zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksida belgilangan bir kishi uchun turar joy maydonining ijtimoiy normasi to'g'risidagi qoidalari qo'llanilmaydi:
er-xotin — bir-birining doimiy ro'yxatga olingan uy-joy maydoniga;
ota-onalar, farzandlar — bir-birining doimiy ro'yxatga olingan uy-joy maydoniga;
bobo-buvi, nevaralar — bir-birining doimiy ro'yxatga olingan uy-joy maydoniga;
vasiylikdagi (homiylikdagi) hamda oilaga tarbiyaga olingan (patronat) shaxslar — vasiy (homiy), tutingan ota yoki ona doimiy ro'yxatga olingan uy-joy maydoniga;
balog'atga yetmagan, ota-onasi bo'lmagan tug'ishgan aka-ukalar, opa-singillar, shuningdek, mehnatga layoqatsiz tug'ishgan aka-ukalar, opa-singillar, agar ularning o'z oilalari bo'lmasa, yoshidan qat'i nazar, akasi, ukasi, opasi, singlisining ro'yxatga olingan uy-joy maydoniga;
doimiy ro'yxatga olingan tug'ishgan aka-ukalar, opa-singillar — bir-birining doimiy ro'yxatga olingan uy-joy maydoniga;
ilgari mazkur aholi punktida yashagan, mehnat shartnomasi bilan ishlash uchun vaqtincha boshqa joyga ketgan shaxslar, shuningdek, amaldagi qonunchilikka muvofiq vaqtincha boshqa joyga ketganda, uy-joydan foydalanish huquqi saqlanib qoladigan fuqarolar — oldingi istiqomat joyiga yoki qarindoshlarining uy-joy maydoniga;
ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan shaxslar — oldingi istiqomat joyiga, o'z oila a'zolarining, qarindoshlari yoki hukm qilingunga qadar yashab turgan boshqa shaxslarning uy-joy maydoniga.
lex.uz’dagi asl matnChet el fuqarolarini vaqtincha va doimiy ro'yxatga olish nizomlari (VM qarori №593, 2020)
I2-71-band. 5-bob. Yakunlovchi qoidalar — I2-71-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.