Vasiylik va homiylikdagi hamda oilaga tarbiyaga olingan (patronat) chet el fuqarosi va fuqaroligi bo'lmagan shaxs o'z vasiysi (homiysi), tutingan ota-onasi doimiy ro'yxatga olingan uy-joy maydoniga (Ro'yxatning 4-bandi) doimiy yashashga ruxsatnoma olish uchun MvaFRBga mazkur Nizomning 11-bandida ko'rsatilgan hujjatlardan tashqari quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
uy-joy mulkdorining (mulkdorlarining) uy-joy maydoni berish to'g'risidagi arizasi (roziligi) yoxud shaxsan topshirish imkoni bo'lmaganda, notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi);
vasiylik yoki homiylikni hamda oilaga tarbiyaga olingan (patronat) tasdiqlovchi hujjatlar (nusxalari olinib, asli qaytariladi).
Ro'yxatning 4-bandiga asosan doimiy yashashga ruxsatnoma olgan chet el fuqarosi va fuqaroligi bo'lmagan shaxs boshqa davlatlardan kelgan yoxud O'zbekiston Respublikasining boshqa hududida istiqomat qiladigan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo'lmagan shaxs bilan nikohdan o'tsa, uning turmush o'rtog'ining Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy ro'yxatga olinishi Ro'yxatning 3-bandiga muvofiq ko'rib chiqiladi.
lex.uz’dagi asl matnChet el fuqarolarini vaqtincha va doimiy ro'yxatga olish nizomlari (VM qarori №593, 2020)
I3-15-band. 2-bob. Boshqa davlatlardan Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarga doimiy yashash uchun ruxsatnoma berish tartibi — I3-15-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.