Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga, xo'jalik birlashmalariga, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlariga ishga taklif etiladigan chet el fuqarosi va fuqaroligi bo'lmagan shaxs bo'lgan yuqori malakali mutaxassislar, tor ixtisosdagi mutaxassislar tegishli organ yoki tashkilot rahbarining iltimosnomasiga ko'ra, shuningdek, ularning oila a'zolari (eri, xotini va o'z oilasi bo'lmagan farzandlari) (Ro'yxatning 6-bandi) doimiy yashashga ruxsatnoma olish uchun MvaFRBga mazkur Nizomning 11-bandida ko'rsatilgan hujjatlardan tashqari quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
uy-joy mulkdorining (mulkdorlarining) uy-joy maydoni berish to'g'risidagi arizasi (roziligi) yoxud shaxsan topshirish imkoni bo'lmaganda, notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi);
(agar hujjatlar xorijda rasmiylashtirilgan bo'lsa) nikoh tuzilganlik, tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnomalar (nusxalari olinib, asli qaytariladi);
tegishli davlat hokimiyati va boshqaruvi organi, xo'jalik birlashmasi, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkiloti rahbarining mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq pochta yoki feld'yegerlik xizmati orqali yuboriladigan iltimosnomasi.
Xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy ro'yxatga olish to'g'risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo'lgan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, xo'jalik birlashmalari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari ro'yxati O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
lex.uz’dagi asl matnChet el fuqarolarini vaqtincha va doimiy ro'yxatga olish nizomlari (VM qarori №593, 2020)
I3-17-band. 2-bob. Boshqa davlatlardan Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarga doimiy yashash uchun ruxsatnoma berish tartibi — I3-17-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.