Chet el fuqarolarini vaqtincha va doimiy ro'yxatga olish nizomlari (VM qarori №593, 2020)

I3-22-band. 2-bob. Boshqa davlatlardan Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarga doimiy yashash uchun ruxsatnoma berish tartibi — I3-22-band

Ushbu Nizomning 21-bandida ko'rsatilgan hujjatlar taqdim etilgan kundan so'ng bir ish kunida MvaFRB tomonidan ariza topshirgan shaxsga mazkur Nizomga 4-ilovaga muvofiq shaklda bir yil muddatga ma'lumotnoma beriladi. Mazkur ma'lumotnoma amal qilish muddati mobaynida egasining shaxsini tasdiqlovchi hujjat hisoblanib, respublika hududida harakatlanish, vaqtincha yashash, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida (keyingi o'rinlarda — FHDYo) hujjatni rasmiylashtirish, qonuniy mehnat faoliyati bilan shug'ullanish, ta'lim muassasalarida tahsil olish uchun asos bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.