Chet el fuqarolarini vaqtincha va doimiy ro'yxatga olish nizomlari (VM qarori №593, 2020)

I3-3-band. 1-bob. Umumiy qoidalar — I3-3-band

Boshqa davlatlardan kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarga Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududida doimiy yashashga ruxsatnoma berish, shuningdek, yashash guvohnomasi yoki ID-kartaga ega bo'lgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarni Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududida doimiy yashash joyi bo'yicha ro'yxatga olish (keyingi o'rinlarda — doimiy ro'yxat) ichki ishlar organlarining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo'linmalari (keyingi o'rinlarda — MvaFRB) tomonidan amalga oshiriladi. Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy ro'yxatga olingan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar ro'yxatga olingan joyida yashashlari lozim.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.