Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy ro'yxatga olingan fuqaroligi bo'lmagan shaxs boshqa davlatga doimiy yashashga ketayotganligi munosabati bilan doimiy ro'yxati bekor qilingandan so'ng bir yil ichida respublikadan chiqib ketmasa, ya'ni O'zbekiston Respublikasi Davlat chegarasini kesib o'tmagan taqdirda, oldingi yashagan joyi bo'yicha yoki respublikaning boshqa hududiga tegishli MvaFRB tomonidan doimiy yashashga ruxsatnoma rasmiylashtiriladi.
Buning uchun ushbu fuqaroligi bo'lmagan shaxs MvaFRBga respublikadan chiqib ketmaganligi sababini to'liq ko'rsatgan holda ariza bilan murojaat qiladi.
Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
harakatlanish hujjati;
uy-joy mulkdorining (mulkdorlarining) turar joy maydoni berish to'g'risidagi arizasi (roziligi) yoxud notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi), agar shaxsan o'zi berish imkoni mavjud bo'lmasa.
lex.uz’dagi asl matnChet el fuqarolarini vaqtincha va doimiy ro'yxatga olish nizomlari (VM qarori №593, 2020)
I3-33-band. 2-bob. Boshqa davlatlardan Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarga doimiy yashash uchun ruxsatnoma berish tartibi — I3-33-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.